08.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

18 yoshli Mboko faoliyatidagi ilk chempionlikni qo’lga kiritdi

18 yoshli Mboko faoliyatidagi ilk chempionlikni qo’lga kiritdi

Dunyoning 85-raketkasi, 18 yoshli kanadalik tennischi Viktoriya Mboko Monrealda (Kanada) bo’lib o’tgan WTA-1000 turniri g’olibiga aylanib, faoliyatidagi ilk titulni qo’lga kiritdi.

Musobaqa chempionligi uchun kechgan hal qiluvchi bahsda Viktoriya reytingning sobiq birinchi raqamli tennischisi (hozirda 49-o‘rinda) yaponiyalik sportchi Naomi Osakani uch setda mag‘lub etdi – 2:6, 6:4, 6:1.

Osaka bilan uchrashishdan oldin Mboko turnir davomida avstraliyalik Kimberli Birrell, amerikalik Sofiya Kenin, chexiyalik Mari Bouzkova, amerikalik Kori Gauff, ispaniyalik Jessika Buzas Maneyro va Qozog’iston vakili Elena Rybakinani mag’lub etdi.

Ilgari sportchi hech qachon WTA turnirlarining finaliga ham chiqmagan edi.