25.05.2025
Reading time: 1 min

Ruben Amorim Garnachoga Manchester Yunayteddan ketish uchun ruxsat berdi

Ruben Amorim Garnachoga Manchester Yunayteddan ketish uchun ruxsat berdi

The Athletic ma’lumotiga ko’ra, Ruben Amorim Alexandro Garnachoga yozgi transfer oynasida Manchester Yunaytedni tark etishga ruxsat berdi.

Bu qaror Yevropa Ligasi finalida Tottenhem Hotspurga qarshi o’yinda Garnacho faqat 20 daqiqa almashtirib kiritilganidan so’ng qabul qilindi.

“Men finalga qadar har bir bosqichda o’ynab, jamoaga yordam berdim. Keyin esa atigi 20 daqiqa…bilmayman,” deya afsus bilan ta’kidladi Garnacho.

Karrington mashg’ulot majmuasidagi so’nggi yig’ilishda ikki muhim qaror qabul qilindi:

  • Amorim bosh murabbiy lavozimida qoladi
  • Garnachoga yangi klub qidirish uchun erkinlik berildi

20 yoshli futbolchi bu mavsumda 58 ta o’yinda 11 gol va 10 ta assist natija ko’rsatdi. Biroq, uning transfer narxi yanvardagi 60 million funt sterling baholanishidan pasayishi kutilmoqda — o’shanda Chelsi va Napoli qiziqish bildirgan edi.