13.05.2025
Reading time: 1 min

Reksem AFC Avstraliya va Yangi Zelandiyada mavsumoldi turini o’tkazadi

Reksem AFC Avstraliya va Yangi Zelandiyada mavsumoldi turini o’tkazadi

Gollivud yulduzlari Rob Makelxeni va Rayan Reynolds egalik qilayotgan Reksem AFC futbol klubi kelgusi iyul oyida Avstraliya va Yangi Zelandiyaga mavsumoldi turini amalga oshiradi.

Qizil ajdarholar A-Liga jamoalari bilan quyidagi jadval bo’yicha o’yin o’tkazadi:

  • Melburn Viktori bilan Marvel stadionida, 11 iyul
  • Sidney FK bilan Alyans stadionida, 15 iyul
  • Vellington Feniks bilan Skay stadionida, 19 iyul

“Welcome to Wrexham” hujjatli seriali orqali mashhur bo’lgan Reksem AFC — so’nggi mavsumlar davomida ajoyib natijalar ko’rsatib, yaqinda Chempionshipga ko’tarildi.

“Boshidanoq biz Reksemni dunyo miqyosida tanilgan jamoa, shahar va brendga aylantirishga yordam bermoqchi edik,” deya ta’kidlashdi Makelxeni va Reynolds o’zlarining rasmiy bayonotlarida.