17.05.2025
Reading time: 1 min

Premier Liga yangi qoidasi: Faqat kapitan hakam bilan gaplasha oladi

Premier Liga yangi qoidasi: Faqat kapitan hakam bilan gaplasha oladi

Xalqaro Futbol Assotsiatsiyasi Kengashi (IFAB) ma’lumotiga ko’ra, Premier Liga hakamlar bilan muloqotni cheklovchi yangi qoidani joriy etadi. Faqat jamoa kapitanlariga o’yin davomida muhim qarorlarni muhokama qilishga ruxsat beriladi.

IFAB mart oyida ushbu qoida sinovini yakunladi va uni 2025-26 mavsumidan boshlab rasman kuchga kiritadi.

“Ushbu yangi ko’rsatmalar 2025/26 yilgi O’yin Qoidalariga kiritiladi, bu faqat jamoa sardorlari ma’lum vaziyatlarda hakamga murojaat qilish va vaziyatni tushintirishi mumkin” deya ta’kidlandi IFABning rasmiy bayonotida.

Ushbu qoida avvalroq UEFA musobaqalarida, o’tgan yilgi Yevropa chempionatida va joriy mavsumda barcha UEFA musobaqalarida qo’llanilgan.