13.05.2025
Reading time: 1 min

Postekoglou Europa Ligasi finali oldidan kelajagi haqida gapirdi

Postekoglou Europa Ligasi finali oldidan kelajagi haqida gapirdi

Angelos Postekoglou Manchester Yunayted bilan bo’ladigan Europa Ligasi finalidan oldin katta bosim ostida qolmoqda. Mazkur o’yin uning Tottenxem Xotspurdagi kelajagini hal qilishi mumkin.

Kristal Palas bilan o’yinda Premier-ligadagi 20-mag’lubiyatdan so’ng vaziyat yanada murakkablashdi. Avstraliyalik murabbiyning shartnomasi yana ikki yil davom etadi, ammo klubning 17 yillik kuboksiz mavsumini yakunlanishi uning lavozimi shubha ostida.

“Odamlar bu mening so’nggi o’yinim bo’ladimi yo’qmi Rim papasini saylash jarayoniga o’xshatib oq tutinni kutishmoqda,” dedi Postekoglou,

U o’z faoliyati davomida duch kelgan qiyinchiliklarni sanab o’tdi:

  • Jamoaning o’yin uslubini o’zgartirish
  • Yosh o’yinchilar bilan jamoani yangilash
  • Kelajak uchun poydevor qurish
  • Cheklangan tarkibni shakillantirishga harakat qilish

“Men jamoam bilan o’tgan yili beshinchi, bu yil ham beshinchi o’rinni egallshim mumkin edi. Ehtimol, odamlar oq tutunni kutishmagan bo’lardi, lekin ular baribir ‘Ange, bu yaxshi, lekin bu ilgari ham bo’lgan. Klub biror narsa yutmaguncha, siz hech qanday ta’sir ko’rsatmadingiz’ deyishardi,” deya ta’kidladi Postekoglou.

59 yoshli murabbiy unvon yutish faqat tanqidchilarni jim qilish emas, balki klubning o’zini anglashini o’zgartirish va muhim meros qoldirish haqida ekanligini ta’kidladi.