13.05.2025
Reading time: 1 min

O’rtoqlik o’yinlar oldidan Malayziya muxlislari Kabo-Verde kuchiga shubha bildirmoqda

O’rtoqlik o’yinlar oldidan Malayziya muxlislari Kabo-Verde kuchiga shubha bildirmoqda

Bolasport.com xabar berishicha, FIFA reytingida 131 – o’rinda turgan Malayziya milliy jamoasi  72 – pog’onada joylashgan Kabo-Verde bilan ikki marta o’rtoqlik uchrashuvni rejalashtirgan.

Ikki o’yin turli joylarda o’tkaziladi — birinchi o’yin may oyining oxirida KLFA stadionida tomoshabinlar ishtirokida, ikkinchi o’yin esa iyun boshida Bukit Jalil milliy stadionida yopiq sharoitda bo’lib o’tadi.

Ushbu o’yinlar Harimau Malaya uchun iyun o’rtalarida Vetnamga qarshi 2027 Osiyo Kubogi saralash bosqichiga tayyorgarlik vazifasini o’taydi.

Biroq, Malayziya milliy jamoasi muxlislari Ko’k akula laqabli jamoaning haqiqiy kuchi borasida shubha bildirmoqda. Jumladan, Kabo-Verde Kuala-Lumpurga asosiy tarkibini olib kelishi yoki yo’qligi haqida savollar mavjud.