16.05.2025
Reading time: 1 min

Messi Barselonani La Liga chempionligi bilan tabrikladi

Messi Barselonani La Liga chempionligi bilan tabrikladi

Lionel Messi Barselonaning La Liga 2024-2025 chempionligini qo’lga kiritgani munosabati bilan tabrik yo’lladi.

Kataloniyaliklar RCDE stadionida Espanyolni 2:0 hisobida mag’lub etib, chempionlikni rasman qo’lga kiritishdi. Bu g’alabadan keyin mavsum yakunlanishiga 2 tur qolganda raqiblari yeta olmasligi ma’lum bo’ldi.

Lamin Yamal — 17 yoshli yosh iste’dod egasi bir gol va bir assist bilan o’yinning yulduziga aylandi. Iste’dodli futbolchi 53-daqiqada jarima maydonining o’ng tomonidan chap oyoqda aniq zarba bilan hisobni ochdi.

Qo’shimcha vaqtda Yamal yana bir bor o’z mahoratini namoyish etib, Fermin Lopesga ajoyib pas uzatdi u esa Espanyol darvozasining uzoq ustuniga aniq zarba bilan gol urdi.