05.05.2025
Reading time: 1 min

Mbappe Real Madridning Selta Vigo ustidan g’alabasida ikki gol urdi

Mbappe Real Madridning Selta Vigo ustidan g’alabasida ikki gol urdi

Kilian Mbappe La Liganing 34-turida Santiago Bernabeu stadionida Real Madrid Selta Vigoni 3:2 hisobida mag’lub etgan o’yinda ikkita gol urib o’zining mohirligini yana bir bor namoyish etdi.

Fransiyalik hujumchi Arda Guler hisobni ochganidan so’ng Madridning ustunligini oshirdi. 39-daqiqada Mbappe o’zining birinchi golini a’lo darajada kiritdi.

To’qqiz daqiqadan so’ng Mbappe yana o’z mahoratini ko’rsatdi — yarim maydondan uzatilgan to’pni qabul qilib, jarima maydonigacha olib bordi va darvozaning uzoq burchagiga aniq zarba berdi.

Mehmonlar Xavi Rodriges va Villiot Svedberg tomonidan kirirlgan gollari bilan javob qaytarishga muvaffaq bo’ldi. Ammo Madrid o’yin yakunigacha ustunligini saqlab qoldi.