24.05.2025
Reading time: 1 min

Maskerano Messining Inter Mayamidagi faoliyatini davom ettirishini istayapti

Maskerano Messining Inter Mayamidagi faoliyatini davom ettirishini istayapti

Inter Mayami bosh murabbiyi Xavier Maskerano Lionel Messining klub bilan kelajagi haqidagi fikirlarini bildirdi. U yulduz o’yinchining Amerikadagi faoliyatini davom ettirishini istaydi.

Ikki yil oldin Pari Sen-Jermendan erkin transfer asosida Inter Mayamiga o’tgan Messi o’zining yuqori mahoratini isbotladi va u klubni tarixdagi ilk Liga Kubogi sovrini bilan taqdirladi.

Kapitan sifatida, La Pulga o’tgan yili The Heronsni Supporter’s Shield g’olibligiga olib chiqdi. Bu yutuq jamoaga 2025 yilgi Klublar o’rtasidagi jahon chempionatiga yo’llanma berdi. Biroq, jamoa MLS pley-offining birinchi bosqichida musobaqani tark etdi.