26.05.2025
Reading time: 1 min

Martinez qizil oldi, Man Yunayted Aston Villaning Chempionlar Ligasi orzusini barbod qildi

Martinez qizil oldi, Man Yunayted Aston Villaning Chempionlar Ligasi orzusini barbod qildi

Emiliano Martinez Rasmus Hoylund bilan to’qnashuvdan so’ng qizil kartochka oldi. Bu Manchester Yunaytedning Old Traffordda 10 kishilik qolgan Aston Villani 2:0 hisobida mag’lub etishiga sabab bo’ldi.

Qizil Iblislar Amad Diallo va Kristian Eriksen penaltidan urgan gollari bilan ustunlik qildilar va bu g’alaba Yunaytedning Premier-ligadagi muvaffaqiyatsiz seriyasiga chek qo’ydi.

Mag’lubiyat Unai Emeri jamoasining kelasi mavsum Chempionlar Ligasida o’ynash orzusini puchga chiqardi va Villa oltinchi o’rin va Yevropa Ligasi yo’llanmasi bilan kifoyalanishga majbur bo’ldi.