13.05.2025
Reading time: 1 min

Manny Pakkiauo WBC unvoni uchun Mario Barriosga qarshi ringga qaytmoqda

Manny Pakkiauo WBC unvoni uchun Mario Barriosga qarshi ringga qaytmoqda

ESPN xabariga ko’ra, Manny Pakkiao 2025-yil 12 iyulda Las-Vegasdagi T-Mobile Arenada Mario Barrios egalik qilayotgan WBC yarim o’rta vazn toifasi kamari uchun ringga qaytadi.

2021 yildan beri nafaqada bo’lgan filippinlik boks afsonasi — raqibi bilan yoshdagi katta farq tufayli jiddiy sinovga duch keladi. 46 yoshli Pacquiao 29 yoshli Barrios bilan yuzma-yuz keladi.

Mario Barrios 2013 yildagi professional debyutidan beri yaxhi natijalarni qayd etgan:

  • 29 g’alaba (18 nokaut)
  • 2 mag’lubiyat
  • 1 durang

Sobiq yarim o’rta vazn chempioni Amir Xan Pakkiaoning afsonaviy nomi va katta yoshida jahon chempioni unvonini qaytarib olish istagi tufayli bu qaytish boks olamining e’tiborini tortishini ta’kidladi.