10.05.2025
Reading time: 2 min

Manchester Yunayted- Vest Xem: Old Traffordda murakkab holatdagi jamoalar to’qnashuvi

Manchester Yunayted- Vest Xem: Old Traffordda murakkab holatdagi jamoalar to’qnashuvi

Manchester Yunayted yakshanba kuni Old Traffordda Vest Xem Yunaytedni qabul qiladi. Mazkur bahs hozirda Premier-ligada qiyin davrni boshdan kechirayotgan ikki jamoanining to’qnashuvi ekanini e’tirof etish kerak.

Mezbonlar so’nggi olti liga o’yinida g’alaba qozona olmadi, ularning oxirgi g’alabasi ikki oy oldin Lester Citiga qarshi qayd etilgan edi. Shu bilan birga, Yunaytedtan ikki ochko orqada turgan Vest Xem ham qiyin ahvolda. Londonliklar so’nggi sakkiz o’yinda g’alaba nimaligini bilmay kelmoqda.

Shunga qaramay, Yunayted Vest Xemdan o’z maydonida ochko olish imkonyatiy yo’qori. Chunki manchesterliklar Old Traffordda so’nggi 16 ta  o’yinda mag’lub bo’lmagan. Yunaytedni Yevropa Ligasi finaliga olib chiqqan Ruben Amorim tarkibda ayrim o’zgarishlar qilishi mumkin.

Bir necha asosiy o’yinchilar jarohat tufayli ishtirok eta olmaydi:

  • Lisandro Martines (tizza)
  • Mattiyas de Ligt (to’piq)
  • Joshua Zirkzee (son)
  • Diogo Dalot (boldir)

“Bu qiyin mavsumda muxlislarning qo’llab-quvvatlashi uchun qila oladigan ishimiz g’laba bilan javob qaytarishimiz kerak,” dedi Amorim TNT Sportsga Yevropa Ligasi finaliga chiqish haqida.

Mehmonlar tomonida, Grahem Potterning Vest Xemi ham Edson Alvarez, Krysensio Summervill va Mixail Antoniolarning jarohatlanishi bilan bog’liq muammolarga duch kelmoqda. Biroq, uning jamoasi g’alaba qozonsa, turnir jadvalida Yunaytedni ortda qoldirish imkoniyatiga ega.