09.05.2025
Reading time: 1 min

Manchester Yunayted Athletikni yirik hisobda yengib, Yevropa Ligasi finaliga chiqdi

Manchester United Lolos ke Final Liga Europa, Hadapi Tottenham

Old Trafforddan kelgan xabarlarga ko’ra, Manchester Yunayted yarim final javob uchrashuvida Atletik Bilbaoni 4:1 hisobida mag’lub etib, Yevropa Ligasi finaliga yo’l oldi.Ikki uchrashuv natijasiga ko’ra MY 7:1hisobida yengdi.

Mason Mount Chelsidan o’tganidan beri Old Trafforddagi ilk golini urdi, O’yinda avval Mikel Xaureguizar mehmonlar futbolchisi hisobni ochganidi.

Atletik Bilbao — jarohat va diskvalifikatsiya tufayli to’rtta asosiy o’yinchisiz maydonga tushdi. Ular 70-daqiqagacha kuchli qarshilik ko’rsata olishdi. Biroq Kasemiro, Rasmus Hoylund va Mauntning keyingi uchta goli mezbon jamoaning ustunligini yana bir bor tasdiqladi.

“Natija yaxshi, lekin ikkala o’yinni ham ko’rib chiqsangiz, bu shunchaki hisobdan ham qiyinroq edi,” dedi Ruben Amorim o’yin so’ngida.

Manchester Yunayted endi 21 mayda bo’lib o’tadigan finalda Tottenxemga qarshi o’ynaydi.  Bu nafaqat kubok, balki kelgusi mavsumda Chempionlar Ligasida ishtirok etish uchun ham kurash bo’ladi.