15.05.2025
Reading time: 1 min

Manchester Siti yosh o’yinchilarga katta investitsiya bilan o’tish davrini boshdan kechirmoqda

Manchester Siti yosh o’yinchilarga katta investitsiya bilan o’tish davrini boshdan kechirmoqda

ESPN xabar berishicha, Manchester Siti 2024-25 yilda — so’nggi to’qqiz yil ichidagi eng yomon mavsumida keskin pasayishdan so’ng katta o’zgarishlar davrini boshdan kechirmoqda.

Yangi sport direktori Ugo Viana rahbarligida klub Vitor Reis, Abduqodir Husanov va Juma Bah kabi yosh o’yinchilarni jalb qilish uchun taxminan 250 million yevro sarfladi. Bu klubning transfer strategiyasidagi o’zgarishni ko’rsatadi.

Premier-liganing 130 ta aybloviga qaramay, Siti oldinga siljishda davom etmoqda. O’tgan noyabrda shartnomasi 2027 yilgacha uzaytirilgan Pep Gvardiola yozgi transferlar uchun 150 million yevro atrofida mablag’ga futbolchi harid qilishga ega.

Abu-Dabi egaligidagi jamoa 17 yildan so’ng klub tanhidlarga uchramoqda. Biroq, Erling Holandga uzoq muddatli sodiqlik va yosh iste’dodlarga katta investitsiyalar klubning raqobatbardosh bo’lib qolish istagi borligini ko’rsatmoqda.

  • Klub 13 ta o’yinda atigi 1 ta g’alaba qozondi
  • Chempionlar Ligasi va Liga Kubogidan erta chiqib ketdi
  • Bu hafta oxirida FA Kubogi finalida unvon yutib olish uchun imkoniyat bor
  • Yozda Klublar o’rtasidagi Jahon Chempionatidan qo’shimcha daromad oladi