20.05.2025
Waktu membaca: 1 min

Manchester Siti Florian Virts uchun kurashdan voz kechdi

Manchester Siti Florian Virts uchun kurashdan voz kechdi

ESPN xabar berishicha, Manchester Siti Bayer Leverkuzen yarim himoyachisi Florian Virtzsni transfer qilishan voz kechdi.

Germaniya milliy terma jamoasi a’zosi avvalroq bu mavsim oxirida Etihad stadionini tark etadigan Kevin De Bruynening o’rnini egallashi mumkin edi. Biroq, o’tgan hafta Leverkuzen va futbolchi vakillari bilan muzokaralardan so’ng, Siti boshqa nomzodlarni ko’rib chiqishga qaror qildi.

Ichki manbalar klub rahbariyati moliyaviy talablarni bajarib bo’lmaydigan darajada deb topganini va Virts Bavariya Myunxenga o’tishi kutilayotganini ma’lum qildi. Siti endi Nottingem Forest yarim himoyachisi Morgan Gibbs-Uait kabi boshqa variantlarga e’tibor qaratmoqda.

Liverpul ham Virts bilan bog’langan bo’lsa-da, iste’dodli futbolchi Baariyani tanlaydi. Bu mavsim yosh yarim himoyachi Leverkuzen safida barcha musobaqalarda 41 ta o’yinda 16 ta gol urib, 15 ta gol uzatmani amalga oshirdi.

-->