06.05.2025
Reading time: 1 min

Manchester City Portugaliyaning World Sevens turnirida ishtirok etadi

Manchester City Portugaliyaning World Sevens turnirida ishtirok etadi

Manchester City Portugaliyada o’tkaziladigan ilk yutuq jamg’armasi $5 million dollarni tashkil qiladigan World Sevens futbol turnirida ishtirok etishini e’lon qildi.

Vaqtinchalik murabbiy Nik Cyushing boshchiligidagi jamoa shahar raqibi Manchester Yunayted bilan to’qnashadi Ushbu musobaqada Angliyaning ikki vakilidan tashqari Europadan oltita top jamoalari ishtirok etadi:

  • FC Rosengard
  • Pari Sen-Jermen
  • Roma
  • Benfica
  • Bavariya Munich
  • Ayaks

“Bu turnir ayollar futboli uchun qiziqarli yangi musobaqa, Biz mazkur musobaqaning boshida bo’lib tarixdan o’rin olayotganimizdan faxirlanamiz.” dedi Manchester City ayollar futboli bo’yicha direktori Terese Syogran.

Turnir Estorilning António Coimbra da Mota stadionida — Lissabondagi Ayollar Chempionlar Ligasi finali o’tkaziladigan joyga yaqin masofada bo’lib o’tadi. Turnirni kengaytirish rejalari allaqachon mavjud bo’lib, kelgusi kuz mavsumida Shimoliy Amerika jamoalarini qo’shish rejalashtirilgan.