12.05.2025
Reading time: 1 min

Man Yunayted Vest Xemdan mag’lub bo’lib 51 yillik salbiy rekordni takrorladi

Man Yunayted Vest Xemdan mag’lub bo’lib 51 yillik salbiy rekordni takrorladi

Manchester Yunayted bu mavsonda Premier-ligadagi 17-mag’lubiyatini qabul qildi shu tariqa 51 yil avvalgi eng yomon natijani takrorladi.

Old Traffordda Tomas Souchek 26-daqiqada Vest Xem hisobini ochdi, Jarrod Bouen esa ikkinchi taimda hisobni 2:0 ga yetkazdi.

Ruben Amorim jamoasi 20 ta zarba va to’pga 52 foiz egalik qilishiga qaramay raaqib darvozasini ishg’ol qila olmadi.

Bu mag’lubiyat Yunaytedni 36 o’yinda 39 ochko bilan 16-o’ringa tushirib qo’ydi va ligada ketma-ket yettita o’yinda g’alabasiz seriyani qayd etdi.

Squawka Football ma’lumotlariga ko’ra, bunday yomon natija oxirgi marta 1973-74 yilda qayd etilgan — o’shanda Yunayted pastdan ikkinchi o’rinni egallab, Birinchi diviziondan tushib ketgan edi.