08.05.2025
Reading time: 1 min

Maddison jarohati tufayli mavsumni yakunlaydi

Maddison jarohati tufayli mavsumni yakunlaydi

Tottenhem Hotspur bosh murabbiyi Anje Postekoglu yarim himoyachi James Maddison o’tgan hafta olgan tizza jarohati tufayli mavsumning qolgan qismini o’tkazib yuborishini tasdiqladi.

Spers yarim himoyachisi Yevropa Ligasi yarim finalining birinchi o’yinida Bodo/Glimtga qarshi 3:1 hisobidagi g’alaba paytida jarohat oldi. “U mavsumning qolgan qismini o’tkazib yuboradi va bu u uchun juda achinarli”, – dedi Postekoglu ikkinchi o’yindan oldingi matbuot anjumanida.

“Men u uchun xafaman, chunki u bizning jamoamiz uchun kerakli futbolchiga aynalgandi. U o’ynamaydi, lekin bu bizning mavsumimiz tarixi”, – deb qo’shimcha qildi avstraliyalik murabbiy.

Maddisondan tashqari, jamoa sardori Son Xin Min ham oyoq jarohati tufayli safarda ishtirok etmaydi. Biroq, yaxshi yangilik shundaki, hujumchi Dominik Solanke o’tgan hafta oxirida Vest Hemga qarshi 1:1 hisobidagi durangdan so’ng o’yinga tayyor.