12.05.2025
Reading time: 1 min

Liverpul Enfildda Arsenalga qarshi bahsda g’alabani qo’ldan chiqardi

Liverpul Enfildda Arsenalga qarshi bahsda g’alabani qo’ldan chiqardi

Enfild Roud stadionida o’tkazilgan Ingliz Premier-ligasining 36-tur o’yinida Liverpul ikki gol ustunligini boy berib, Arsenal bilan durang o’ynashga majbur bo’ldi, deya xabar bermoqda Bolasport.com.

Arne Slot boshchiligidagi jamoa allaqachon chempionlik unvonini qo’lga kiritgan. Liverpul kelasi mavsum Chempionlar Ligasi yo’llanmasini qo’lga kiritish uchun kurashayotgan kononirlarni qabul qildi.

O’yin Arsenal jamoasi tomonidan Liverpulni mavsumning Angliya chempioni sifatida e’tirof etish uchun Guard of Honour ya’ni sharafli yo’lak marosimi bilan boshlandi.

Dastlabki daqiqalarda hujumlarga otgan mezbonlar 20 – daqiqada Kodi Gakponing golidan so’ng hisobni ochdi. Oradn 1 daqiqa o’tmasdan Luis Diaz mehmonlar darvozasini ishg’ol qildi. Ikkinchi tayimda Arsenal o’yg’ona oldi. Gabriel Martinelli hamda Mikel Merinolar Liverpul darvozasini ishg’ol qilishdi. Yakuniy hisob – 2:2.