06.05.2025
Reading time: 1 min

Lamin Yamal Barselona va Inter Milan o’yinida yangi rekord o’rnatishga tayyor

Lamin Yamal Barselona va Inter Milan o’yinida yangi rekord o’rnatishga tayyor

Lamin Yamal Chempionlar Ligasi yarimfinal javob uchrashuvida Giuseppe Meazzada Inter Milanga qarshi o’yinda yangi sahifa ochishga tayyor.

Seshanba kuni bo’lib o’tadigan hal qiluvchi o’yinning birinchi bahsida 3:3 hisobida durang qayd etilgan va endi g’olib jamoa finalga yo’l oladi.

17 yoshli iste’dod yegasi allaqachon ajoyib yutuqni qayd etgan. Jarima maydonining o’ng tomonidan chap oyoq bilan zarba berib, Inter Milanga qarshi birinchi uchrashuvda gol urgan.

Bu natija hatto Lionel Messi ko’rsatkichidan ham yuqoridir. Leo  Barselona safida Inter Milanga qarshi o’tkazgan to’rtta o’yinda birorta ham gol ura olmagan.