18.05.2025
Reading time: 1 min

Krystal Pelas FA kubogini yutib, 119 yillik tarixida ilk bor chempion bo’ldi

Krystal Pelas FA kubogini yutib, 119 yillik tarixida ilk bor chempion bo’ldi

Krystal Pelas Uembli stadionida o’tkazilgan 144-FA kubogi finalida Manchester Sitini 1:0 hisobi bilan mag’lub etib, tarix yozdi.

Arsenalning sobiq akademiya o’yinchisi Eberechi Ezening 16-daqiqadagi goli The Eagles jamoasiga tarixiy g’alabani keltirdi.

Darvozabon Din Xenderson olti muhim seyv, jumladan Omar Marmoushning penaltisini qaytarib, ajoyib o’yin namoyish etdi.

Ushbu g’alaba Krystal Pelas jamoasining birinchi sovrin uchun 119 yillik kutishiga yakun yasadi, Manchester Siti esa muvaffaqiyatsiz mavsumda yana bir mag’lubiyatni tan olishga majbur bo’ldi.