16.05.2025
Reading time: 1 min

Kristianu Ronaldu Forbes’ning eng ko’p daromad qiluvchi sportchilar ro’yxatida yana birinchi

Kristianu Ronaldu Forbes’ning eng ko’p daromad qiluvchi sportchilar ro’yxatida yana birinchi

Kristianu Ronaldu Forbes reytingida dunyoning eng ko’p daromad qiluvchi sportchisi maqomini 275 million dollar daromad bilan saqlab qoldi. Reuters ma’lumotiga ko’ra, bu uning ketma-ket uchinchi yili va umuman beshinchi marta ro’yxatda peshqadam bo’lishi.

Saudiya Arabistonining Al-Nassr klubiga o’tishi, reklama daromadlari va 939 million ijtimoiy tarmoq obunachilariga ega bo’lishi — Ronaldu ushbu reytingdagi ustunligining asosiy omili bo’ldi.

Golden State Uarriors jamoasi o’yinchisi Stepen Kurry 156 million dollar daromad bilan ikkinchi o’rinni egalladi, u karriyerasi davomida 4000 ta uch ochkolik to’p tashlash rekordini o’rnatdi. Bokschi Tayson Fyury 146 million dollar bilan uchinchi o’rinda.

Dunyoning eng ko’p daromad qiluvchi 10 sportchisi:

  • Kristianu Ronaldu (futbol) – 275 million dollar
  • Stepen Kurry (basketbol) – 156 million dollar
  • Tayson Fyury (boks) – 146 million dollar
  • Dak Preskott (Amerika futboli) – 137 million dollar
  • Lionel Messi (futbol) – 135 million dollar
  • LeBron Jeyms (basketbol) – 133.8 million dollar
  • Xuan Soto (beysbol) – 114 million dollar
  • Karim Benzema (futbol) – 104 million dollar
  • Shohei Oxtani (beysbol) – 102.5 million dollar
  • Kevin Dyurant (basketbol) – 101.4 million dollar