14.05.2025
Reading time: 1 min

Kichik Cristianu Ronaldu Portugaliya U-15 terma jamoasida 7-raqam bilan debyut qildi

Kichik Cristianu Ronaldu Portugaliya U-15 terma jamoasida 7-raqam bilan debyut qildi

Cristianu Ronaldu Jr Xorvatiyadagi Vlatko Markovic Xalqaro turnirida Portugaliya U-15 terma jamoasi safida tarixiy debyutini qayd etdi.

Al-Nassr yulduzi o’g’li Yaponiyaga qarshi o’yinning 54-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi. U o’ying kirganida bragalik Rafael Kabral het-trik qayd etib, Portugaliya 3:0 hisobida oldinda edi.

Otasining izidan borib, Ronaldu Jr mashhur 7-raqamli forma kiyib, chap qanot hujumchisi pozitsiyasida o’ynadi. Portugaliya yakuniy hisobda 4:1 hisobida g’alaba qozondi.

Cristianu Ronaldu o’g’lining Portugaliya yoshlar terma jamoasidagi debyutini kuzatgach, ijtimoiy tarmoqlarda o’z faxrini izhor etdi.