05.05.2025
Reading time: 1 min

Inter va Barselona o’yiniga Real tarafdori deb gumon qilingan hakam tayinlandi

Inter va Barselona o’yiniga Real tarafdori deb gumon qilingan hakam tayinlandi

UEFA Chempionlar Ligasining Inter Milan va Barselona o’rtasidagi yarim final uchrashuviga Symon Marciniakni bosh hakam etib tayinladi. Mazkur qaror Kataloniya jamoasi muxlislarida tashvish uyg’otdi.

Marciniakka yon chiziq hakamlari Tomasz Listkievicz va Adam Kupsik yordam beradi, Pavel Raczkovski esa, to’rtinchi hakam vazifasini bajaradi.

VAR jamoasi ikki nafar gollandiyalik hakamdan iborat bo’ladi:

  • Dennis Higler asosiy operator sifatida
  • Pol van Boekel VAR yordamchisi sifatida