12.05.2025
Reading time: 1 min

Inter Milan Torinoni mehmonda 2:0 hisobida mag’lub etdi

Inter Milan Torinoni mehmonda 2:0 hisobida mag’lub etdi

Nicola Zalevski va Kristyian Asllani Inter Milanning Torino ustidan 2:0 hisobidagi g’alabasini ta’minlashdi.

Dastlabki gol 14-daqiqada Zalevski zarbasi orqali hisobni ochdi Mehmonlar 49-daqiqada penaltidan ikkinchi golni urishdi.Gol muallifi Asllani. 

Federiko Dimarko 56-daqiqada Zalevskining uzatmasidan so’ng Interning hisobini oshirishga yaqin keldi. Mezbon jamoa 65-daqiqada Guillermo Maripan bosh zarbasi orqali imkoniyatga ega bo’ldi ammo gol bo’lmadi.

Murabbiy Simone Inzagi ikkinchi taymda Denzel Dumfries, Dimarko, Hakan Calhanoglu, Nikolo Barella va Francesko Acherbi kabi asosiy tarkib futbolchilarini maydonga tushirdi.

Qo’shimcha vaqtda Adam Mesinaning akrobatik goli Asllaniga nisbatan qoida buzilishi tufayli bekor qilindi. Shu tariqa Inter Milan foydasiga 2:0 hisobida g’alaba qozondi.

Jamoalarning boshlang’ich tarkiblari:

  • Torino: Milinkovich-Savich; Dembele, Maripan, Masina, Biragi; Rikki, Gineitis; Elmas, Vlasich, Lazaro; Adams
  • Inter Milan: Martines; Bissek, De Vrij, Bastoni; Darmian, Zalevski, Asllani, Zielinski, Augusto; Correa, Taremi