08.05.2025
Reading time: 1 min

Holand Man Cityning muvaffaqiyatsiz mavsumida motivatsiya yo’qolgani sabab ekanligini tan oldi

Holand Man Cityning muvaffaqiyatsiz mavsumida motivatsiya yo’qolgani sabab ekanligini tan oldi

Norvegiyalik hujumchi Erling Holand Manchester Cityning bu mavsondagi muvaffaqiyatsizligini tan oldi. Jamoa Premier-liga chempionligini Liverpulga boy berdi va Real Madrid tomonidan Chempionlar ligasidan chiqarib yuborildi.

Rodri kabi asosiy o’yinchilarning jarohatlari sabab bo’lsa-da, Holand jamoaning to’rt marta ketma-ket liga g’olibi bo’lgani va 2023 yilda trebl yutganidan so’ng motivatsiya pasayganini ta’kidladi.

“Albatta, noqulay vaqtdagi jarohatlar kabi bahonalar topish mumkin, lekin oxir-oqibat biz yetarlicha yaxshi o’ynamadik. Ichimizda g’alaba istagi yo’qoldi. Men kutilgandek yaxshi o’yin ko’rsata olmadim va jamoaga yetarlicha yordam bera olmadim,” dedi Holand.

Oyoq to’pig’i jarohati tufayli bir oy davomida maydondan tashqarida qolgan norvegiyalik hujumchi mashg’ulotlarga qaytdi va o’tgan hafta Volves ustidan 1:0 hisobidagi g’alabada zaxirada o’tirdi. U Crystal Palac bilan bo’ladigan FA Kubogi finaliga tayyorgarlik ko’rish uchun Sautgemptonga qarshi o’ynashi kutilmoqda.

“Jarohatlanish dahshatli edi, lekin nima ham qila olardik? Endi men g’alabaga bo’lgan ishtiyoq bilan qaytdim. O’zimni yaxshi his qilyapman, harakatlarim yaxshi va o’yinga tayyorman,” deya qo’shimcha qildi bu mavsonda 40 ta o’yinda 30 ta gol urgan Holand.