09.05.2025
Reading time: 1 min

Hitech GP direktori Uilliam Oakes Silverstone yaqinida hibsga olindi

Hitech GP direktori Uilliam Oakes Silverstone yaqinida hibsga olindi

Telegraph xabar berishicha, Hitech Grand Prix direktori va Alpine Formula 1 jamoasining sobiq rahbari Oliver Oakesning ukasi Uilliam Oakes o’tgan hafta Northamptonshirdagi Silverstone Park hududida hibsga olindi.

37 yoshli shaxs katta miqdordagi naqd pul bilan ushlangandan so’ng, Metropolitan politsiyasi tomonidan jinoiy mulkni o’tkazishda ayblanib, qamoqqa olindi. Hibsga olinganidan so’ng, Uilliam Oakes Northampton magistratlar sudida ko’rib chiqilgach, qamoqda qoldirildi.

Hibsga olinganidan bir necha kun o’tgach, Oliver Oakes Alpine F1 jamoasi rahbari lavozimidan iste’foga chiqdi. Jamoaning ijrochi direktori Flavio Briatore fransuz jamoasidagi kelishmovchiliklar haqidagi mish-mishlarni rad etdi.

“So’nggi 24 soat ichida Olining iste’foga chiqish qarori go’yoki kelishmovchiliklar bilan bog’liqligi haqida ko’p noto’g’ri gaplar aytildi. Bu butunlay noto’g’ri va haqiqatdan yiroq”, – dedi Briatore Alpine bilan birgalikdagi Instagram postida.

Uilliam Oakes 2022  yilda Hitech Grand Prix F2 jamoasini boshqaruvini qo’lga oldi. Rossiyaning Ukrainaga bosqini tufayli Britaniya hukumati sanksiyalaridan keyin sobiq F1 piloti Nikita Mazepinning otasi Dmitriy Mazepindan nazorat paketini sotib olgan va keyin yangi kompaniyani tashkil etganidan.

Alpine jamoasi Formula 1 operatsiyalariga aloqasi bo’lmagani sababli hibsga olish bo’yicha izoh bermadi.