11.05.2025
Reading time: 1 min

Harry Keyn Bavariya bilan ilk sovrinini qo’lga kiritdi

Harry Keyn Bavariya bilan ilk sovrinini qo’lga kiritdi

Harry Keyn nihoyat Bavariya Myunxen bilan Bundesliga sovrini ko’tarib, o’z faoliyatida tarixini yozdi. Allianz Arenada Borussiya Myunxengladbaxni 2:0 hisobida mag’lub etib mezbonlar kubokni qabul qilishdi.

Angliya milliy terma jamoasi hujumchisi taxminan 1.5 yil oldin Tottenxemdan Bavariya Myunxenga o’tgandi. U Shimoliy London klubidagi faoliyati davomida biron marta sovrin yuta olmagandi.

“Chempion bo’lish ajoyib his. Bunga erishish uchun ko’p vaqt va mehnat talab etildi. Yaxshi g’alabadan so’ng Allianz Arenada unvonni nishonlash — bu haqiqatan ham ajoyib hafta bo’ldi,” dedi Keyn.

Hech qachon sovringa erisha olmaslik ehtimoli haqida so’ralganda, Keyn hech qachon la’natlangan deb his qilmaganini ta’kidladi:

“Hayotda va futbolda ba’zan yengib o’tishimiz kerak bo’lgan to’siqlar bo’ladi. Har yili rivojlanishda davom etish uchun bir xil fikrda bo’lganman. Umid qilamanki, bu ko’plab sovrinlarning birinchisi bo’ladi. Kelasi yil maqsad ikki yoki uchta sovrin yutishdir.”