26.05.2025
Reading time: 1 min

Erik ten Hag Bayer Leverkuzenning yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi

Erik ten Hag Bayer Leverkuzenning yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi

Erik ten Hag Bundesligada ikkinchi o’rinni egallagan Bayer Leverkuzenning yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

55 yoshli gollandiyalik mutaxassis Real Madridga o’tgan Xabi Alonsoning o’rnini egalladi. Ten Hag o’tgan yilning oktyabr oyidan beri Manchester Yunayteddan ketgandan so’ng murabbiylik qilmayotgan edi.

Bayer Leverkuzen 2023-24 yilgi mavsumda mag’lubiyatsiz Bundesliga chempioni bo’lgan jamoaning asosiy tarkibini saqlab qolgan. Kelishuv Ten Hag va klub o’rtasidagi samarali muzokaralardan so’ng imzolandi.

Erik ten Hag bilan biz ajoyib yutuqlarga ega tajribali murabiyni jalb qildik. Uning Ayaks bilan olti sovrini yutgani e’tiborga molik” dedi Bayerning sport direktori Simon Rolfes.

“Bayer Leverkusen Germaniyaning eng yaxshi klublaridan biri va Evropaning yuqori darajadagi jamoalari qatoriga kiradi. Men Leverkuzenga so’nggi yillarda ko’rsatilgan intilishlarni davom ettirish uchun keldim,” dedi Ten Hag.

Ten Hagni yangi sinov kutmoqda, chunki yozda Liverpul eng kuchli nomzod sifatida ko’rilayotgan yulduz o’yinchi Florian Virtzning jamoadan ketish ehtimoli mavjud.