11.05.2025
Reading time: 1 min

El-Klasikodagi 7 ta gol dramasi – Barselona Real Madridni yengdi

El-Klasikodagi 7 ta gol dramasi – Barselona Real Madridni yengdi

Barselona Olimpiya stadionida bo’lib o’tgan El-Klasikoda Real Madrid ustidan 4:3 hisobida g’alaba qozondi.

Birinchi taym haqiqiy gol bayramiga aylandi — Kylian Mbappe penaltidan hisobni ochdi va tez orada ikkinchi golni urdi. Erik Garsiya Barselona tarkibidan hisobini ochdi, so’ngra Lamin Yamal bu mavsumdagi 16-golini urib hisobni tenglashtirib qo’ydi.

Rafinya Barselonani oldinga olib chiqdi va Lukas Vaskesning xatosidan foydalanib ikkinchi golini urdi. Hisob 4:2 paytida Madrid foydasiga berilgan penalti VAR ko’rigidan so’ng bekor qilindi.

Ikkinchi taymda Mbappe 70-daqiqada het-trikni amalga oshirdi, ammo Barselona o’yin yakunigacha ustunlikni saqlab qolishga erishdi. Yakuniy hisob 4:3 Barselona foyidasiga.