18.05.2025
Reading time: 1 min

Dundi Yunaytedning mag’lubiyatidan so’ng Aberdin o’yinchisi kursini otish hodisasida jarohat oldi

Dundi Yunaytedning mag’lubiyatidan so’ng Aberdin o’yinchisi kursini otish hodisasida jarohat oldi

BBC Scotland xabar berishicha, Aberdin himoyachisi Jek MakKenzi o’z klubi muxlislari sektoridan otilgan kursi tufayli jiddiy jarohat oldi.

Hodisa Aberdin Dundi Yunayteddan 2:1  hisobida mag’lub bo’lganidan so’ng sodir bo’ldi. Bu natija ularga Shotlandiya Premer-ligasida to’rtinchi o’rinni egallash imkonini bermadi.

Aberdin bosh murabbiyi Jimmy Telin hodisani qoraladi:

“Bu qabul qilib bo’lmaydigan holat va bunday bo’lishi mumkin emas. MakKenzi o’yinchi sifatida o’z vazifasini bajarayotganda jiddiy jarohat oldi”

Dundi Yunayted bosh murabbiyi Jim Gudvin ham o’z fikrini bildirdi:

“Jekning o’z muxlislari tomonidan otilgan qattiq jism bilan urilganini eshitib juda xafa bo’ldim. U hozir chok qo’ydirilmoqda bu mutlaqo sharmandalik”

Gudvin bu hodisa nihoyat hokimiyatni klub obro’siga dog’ tushirayotgan shaxslarni aniqlash uchun qat’iy choralar ko’rishga undashi mumkinligini qo’shimcha qildi.