09.05.2025
Reading time: 1 min

Donnarumma uchun uch yevropalik gigant kurashmoqda, Man Siti raqobatga tayyor

Donnarumma uchun uch yevropalik gigant kurashmoqda, Man Siti raqobatga tayyor

Sport Italia ma’lumotiga ko’ra, Pari Sen-Jermen darvozaboni Janluidji Donnarumma uch gigant klublarning asosiy nishoniga aynalmoqda. Manchester Siti, Yuventus va Inter Milan italiyalik darvozaboni kuzatmoqda.

PSJ avvalroq Donnarummaning o’rniga Lilldan shartnomasi kelasi yil tugaydigan Lukas Shevale’ni olib kelishni ko’rib chiqqan edi. Shuningdek Parij klubi asosiy darvozaboni bilan shartnomani uzaytirishga ham tayyor.

Shu bilan birga, “Vulverhempton” hujumchisi Mateus Kunya “Arsenal”ga qaraganda “Manchester Yunayted”ga qo’shilishni afzal ko’rmoqda. 25 yoshli hujumchi bu mavsumda 30 ta o’yinda 15 ta gol urib, yaxshi natija ko’rsatdi.

“Nyukasl Yunayted” Germaniyaning Leyptsig hujumchisi Benjamin Sheshkoni kelasi mavsumga sotib olishga harakat qilmoqchi. 21 yoshli futbolchi Bundesligada 31 ta o’yinda 13 ta gol urgan bo’lib, Aleksandr Isak bilan kuchli tandem bo’lishi tahmin qilinmoqda.