24.05.2025
Reading time: 1 min

Den Bern Nyukasl Yunayted bilan 2027 yilgacha shartnomani uzaytirdi

Den Bern Nyukasl Yunayted bilan 2027 yilgacha shartnomani uzaytirdi

Himoyachi Den Bern Nyukasl Yunayted bilan bir yillik shartnomani uzaytirdi va uning klubi bilan munosabatlari 2027 yilning yozigacha davom etadi.

2021 yildan beri “Qarg’alar” safida o’ynayotgan 33 yoshli futbolchi o’tgan mart oyida Angliya terma jamoasida debyut qildi. Bu qodisa klub 1955 yildan beri ilk marotaba Liga Kubogini qo’lga kiritganidan bir necha kun o’tib sodir bo’ldi.

“Den ajoyib mavsumni o’tkazdi. U bizning eng yorqin lahzalarimizning muhim qismi bo’ldi va xalqaro darajada o’ynash huquqini to’liq qozondi,” dedi Nyukasl bosh murabbiyi Eddi Xau.

“Bu klub uchun o’ynash — mening orzuyim edi va men buni davom ettirishdan xursandman,” dedi bu mavsum 36 ta liga o’yinida ishtirok etgan Bern.