13.05.2025
Reading time: 1 min

Deku: Lamin Yamal Barselona bilan tarix yozadi

Deku: Lamin Yamal Barselona bilan tarix yozadi

ESPN xabar berishicha, Barselona sport direktori Deku 2026 yilgacha shartnomasi amal qiladigan iste’dodli yosh futbolchi Lamin Yamalning klubdagi kelajagi haqida optimistik fikrlarini bildirdi.

Bu mavsumda Yamal barcha musobaqalarda 16 gol va 24 assist bilan o’zini dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri sifatida ko’rsatdi. U Pau Kubarsi, Alexandro Balde va Pedri bilan birga istiqbolli yosh avlodning bir qismi hisoblanadi.

“Futbolchi o’z joyida baxtli bo’lishi kerak, lekin Lamin uchun bundan yaxshiroq joy ko’rmayapman. Bu bola shu yerda o’sdi, u shu yerlik. Bu avlod futbolchilari tarix yozish imkoniyatiga ega,” dedi Deku.

Barselona bu mavsumda 57 o’yinda 167 gol urdi, Yamal hujumda Rafiniya va Robert Levandovski bilan birga o’ynadi. Jamoa Ispaniya Superkubogi va Qirol kubogini qo’lga kiritdi hamda La Liga g’olibligiga yaqin turibdi.

Deku klubning mavjud tarkibni saqlab qolishga e’tibor qaratishini, biroq Yamal va Rafinhiya uchun qanot hujumchilari zahirasiga ehtiyoj bo’lishi mumkinligini ta’kidladi.