18.05.2025
Reading time: 1 min

De Bruyne Man Sitini tark etgach Liverpulga o’tish imkoniyati paydo bo’ldi

De Bruyne Man Sitini tark etgach Liverpulga o’tish imkoniyati paydo bo’ldi

Liverpool Echo xabar berishicha, Manchester Siti yarim himoyachisi Kevin De Bruyne 2024-2025 yil mavsumi yakunida Etihodni tark etgandan so’ng boshqa Premier-liga klublariga jumladan Liverpulga o’tish imkoniyati paydo bo’ldi.

Muhammad Saloh belgiyalik futbolchini Liverpulga taklif qilgan edi.

“Men uning Sitidagi faoliyatini tabriklamoqchiman, u ajoyib ishlar qildi va bu liga uchun yaxshi”, dedi Saloh. “Men unga eng yaxshi tilaklarni tilayman va bizda De Bruyne uchun joy bor”.

Manchester Sitining ramziga aylangan 33 yoshli yarim himoyachi Krystal Pelasga qarshi FA Kubogi finalidan so’ng boshqa Premier-liga klublariga o’tishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.