07.05.2025
Reading time: 1 min

Chelsi keyingi ikki mavsumda yetti yosh futbolchini jamoaga qo’shmoqchi

Chelsi keyingi ikki mavsumda yetti yosh futbolchini jamoaga qo’shmoqchi

UEFA mart oyidagi hisobotiga ko’ra, Chelsi 2024 moliyaviy yili yakunida transfer to’lovlari bo’yicha eng qimmat tarkibga ega bo’lgan. Todd Bouly va Clearlake Capital 2022 yilda klubni sotib olgandan beri, Chelsi jami 1,6 milliard yevroga 41 ta futbolchi sotib oldi.

Klub uzoq muddatli shartnomalar bilan yosh iste’dodlarni sotib olishga e’tibor qaratdi. Bular Moyzes Kaycedo (116 million yevro), Romeo Lavia (62,1 million yevro) va Koul Palmer (47 million yevro) kabi futbolchilar. Lesley Ugochukvu, Matis Amougou va Deivid Vashington kabi boshqa o’yinchilar kamdan-kam o’yin imkoniyatiga ega bo’lishdi.

Chelsining transfer strategiyasi keyingi ikki mavsumda yetti nafar yosh futbolchining kelishi bilan davom etadi. 2025 yilda qo’shiladigan asosiy transferlar:

  • Estevao – Palmeyrasdan 18 yoshli braziliyalik qanot futbolchisi (34 million yevro)
  • Kendry Paez – Independiente del Valledan 18 yoshli ekvadorlik hujumkor yarim himoyachi (10 million yevro)
  • Dario Essugo – Sporting CPdan 20 yoshli portugaliyalik yarim himoyachi (22,2 million yevro)
  • Mike Penders – Genkdan 19 yoshli belgiyalik darvozabon (20 million yevro)

2026 yilda esa quyidagilar keladi:

  • Geovany Kuenda – Sporting CPdan 17 yoshli portugaliyalik o’ng himoyachi (52,1 million yevro)
  • Denner – Korintiansdan 17 yoshli braziliyalik chap himoyachi (10 million yevro)
  • Dastan Satpaev – Qayrat Almatidan 16 yoshli qozog’istonlik hujumchi (2,4 million yevro)