11.05.2025
Reading time: 1 min

Chelsi ayollar jamoasi WSL mavsumini mag’lubiyatsiz yakunladi

Chelsi ayollar jamoasi WSL mavsumini mag’lubiyatsiz yakunladi

Chelsi ayollar jamoasi Women’s Super League (WSL) mavsumini mag’lubiyatsiz yakunlagan ilk jamoa sifatida tarixga kirdi, deya xabar bermoqda ESPN.

Soniya Bompastor rahbarligidagi Chelsi 22 ta o’yinda 60 ochko to’pladi bu avvalgi 58 ochkolik natijadan ham yuqori rekord ko’rsatkich. London jamoasi butun mavsun davomida faqat uchta o’yinda durang qayd etishdi.

Liverpulga qarshi so’nggi o’yinda jamoaning eng yaxshi to’purar Aggi Biver-Jons 91-daqiqada g’alaba golini urib, 1:0 hisobidagi g’alabani ta’minladi.

Emma Xeysdan keyin murabbiylikka kelgan Bompastor jamoada muvaffaqiyat qozona oldi. Fransuz murabbiy o’zining debyut mavsumida WSL va Liga Kubogini qo’lga kiritdi. Jamoa kelasi hafta Manchester Yunayted bilan FA Kubogi finalida uchinchi trofeyni qo’lga kiritish imkoniyatiga ega.

Bompastor joriy etgan yuqori saviyadagi mashg’ulotlar va chempionlik ruhiyati Chelsining muvaffaqiyatiga asos bo’ldi. Chempionlar Ligasida Barselonaga mag’lub bo’lishiga qaramay, jamoa ichki turnirda ajoyib barqarorlik ko’rsatdi.

“Men bu mavsun natijalaridan qoniqmaganman,” deya ta’kidladi Bompastor Barselonaga mag’lubiyatdan so’ng, o’z jamoasining imkoniyatlarini yuqori baoholab.