05.05.2025
Reading time: 1 min

Barselona Inter Milanga qarshi hal qiluvchi o’yin oldidan tarkibni e’lon qildi

Barselona Chempionlar Ligasi yarimfinalining ikkinchi o’yinida Inter Milanga qarshi kurashish uchun tarkibni e’lon qildi. Eslatib o’tamiz o’yin Giuseppe Meazza stadionida bo’lib o’tadi.

Ushbu muhim uchrashuv ertaga mahalliy vaqt bilan soat 02:00 da bo’lib o’tadi, Bir hafta muqaddam Olimpiya Lluis Companys stadionidagi birinchi uchrashuvda ikki jamoa 3:3 hisobida durang o’ynadi.

Avvalgi o’yinda Inter futbolchilari Marcus Tyuram va Denzel Dumfris Inter hisobini 0:2 ga yetkazishgandi. Keyin Lamin Yamal va Ferran Torres Barselona uchun hisobni tenglashtirishdi. Keyin Dumfries ikkinchi golini urdi, Yann Zommer o’z darvozasiga gol kiritib qo’yishi bilan o’yin durang yakunlandi.