26.05.2025
Reading time: 1 min

Arteta Arsenalning kelgusi mavsumda kuchliroq bo’lishiga ishonch bildirdi

Arteta Arsenalning kelgusi mavsumda kuchliroq bo’lishiga ishonch bildirdi

Mikel Arteta kelgusi mavsum oldidan katta ishtiyoq bildirdi va u hatto bu haqda o’ylaganda “hayajondan eti junjikishini” aytdi.

Arsenal bosh murabbiyi jamoasining Premier-ligada ketma-ket uchinchi marotaba ikkinchi o’rinni egallaganini va uning fikricha, chempionlik unvonini qo’lga kiritish uchun “ozgina foiz” yetishmayapti.

“Biz mavsum oldidan tayyorgarlik va musobaqaning dastlabki haftalari uchun ikki-uch oy oldin rejalashtirish ishlarini boshladik. Bu haqda o’ylaganimda, juda hayajonlanaman,” deya Arteta Sky Sports’ga ma’lum qildi.

Arsenal mavsumni Sautgemptonga qarshi 2:1 hisobidagi g’alaba bilan yakunladi, bunda Arteta maydon chetidan chetlatilgani sababli tribinadan kuzatishga majbur bo’ldi. Martin Edegaard g’alaba golini urdi, undan oldin esa Kieran Tierney klub uchun o’zining so’nggi o’yinida hisobni ochgan edi.

“Biz bu klubni yanada muvaffaqiyatli qilish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solamiz,” deya qo’shimcha qildi Arteta. U shuningdek, Arsenal ayollar jamoasining Barselonani mag’lub etib, Chempionlar ligasini qo’lga kiritganidan ilhomlanganini ta’kidladi.