05.05.2025
Reading time: 1 min

Amorim Manchester Yunaytedning Chempionlar Ligasiga chiqishidan xavotirda

Amorim Manchester Yunaytedning Chempionlar Ligasiga chiqishidan xavotirda

Manchester United bosh murabbiyi Ruben Amorim jamoasining kelasi mavsumda Yevropa Ligasi orqali Chempionlar Ligasiga chiqish imkoniyati borasida ikkilanmoqda.

Qizil Iblislar — Premier-liganing 35-turidan so’ng 39 ochko bilan 15-o’rinda turibdi. MY to’rtinchi o’rindagi Nyukasl Yunayteddan 14 ochko orqada qolmoqda.

Premier-liga orqali chiqish imkoniyati yo’qolgan bo’lsa-da, Yunayted Yevropa Ligasini yutish orqali Chempionlar Ligasiga chiqishi mumkin. Qizil Iblislar yarim final birinchi o’yinida Atletic Bilbaoni 3:0 hisobida mag’lub etishgan.

“Menimcha, bu jamoa Chempionlar Ligasida raqobatlashishga tayyor emas va kelasi mavsumda Premier-liga uchun kurashish imkoniyatidan ham yiroq,” deya ta’kidladi Amorim.