09.05.2025
Reading time: 1 min

Amorim: Manchester Yunayted muxlislar uchun kubokni qo’lga kiritishi kerak

Amorim: Manchester Yunayted muxlislar uchun kubokni qo’lga kiritishi kerak

Ruben Amorim Yevropa Ligasi finaliga chiqishni ta’minlagandan so’ng, Manchester Yunaytedning muxlislarga kubokni topshirish majburiyati borligini aytdi.

Qizil Iblislar Atletik Bilbaoni 4:1 hisobida mag’lub etishdi. Bilbaodagi San Mamesda Tottenxem bilan bo’ladigan final uchrashuviga yo’l olish uchun umumiy hisobda 7:1 g’alabani qo’lga kiritdi.

“Bu qiyin mavsumda qo’llab-quvvatlagan muxlislarimiz uchun qila oladigan eng kam ishimiz. Lekin men allaqachon final haqida o’ylab hayajonlanayapman,” dedi Amorim TNT Sportsga.

Final o’yini keyingi mavsum Chempionlar Ligasi yo’llanmasini belgilaydi. Chunki hozirda ikkala jamoa ham Premier-ligada 15 va 16-o’rinlarda turibdi.

Atletik Bilbao birinchi golni urib g’labaga harakat qildi. Ammo zahiradan maydonga chiqqan Meyson Mount hisobni tenglashtirishga erishdi. Kasemiro, Rasmus Hoylund va qo’shimcha vaqtda Mountning gollari Yunaytedning ishonchli g’alabasini ta’minladi.

“Natija yaxshi ko’rinadi, lekin ikkala o’yinni ham ko’rib chiqsangiz, hamma narsa tablo ko’rsatgandan ancha qiyinroq edi,” deb qo’shimcha qildi Amorim.