26.05.2025
Reading time: 1 min

Aka-uka Makallisterlar bir kunda turli mamlakatlarda chempionlik unvonini qo’lga kiritishdi

Aka-uka Makallisterlar bir kunda turli mamlakatlarda chempionlik unvonini qo’lga kiritishdi

Het Nieuwsblad xabar berishicha, aka-uka Makallisterlar Aleksis va Kevin bir kunda turli mamlakatlarda liga chempioni bo’lish kabi noyob yutuqqa erishdilar.

Aleksis Makallister Enfildda Liverpul bilan Angliya Premer-ligasi chempionlik kubogini ko’tardi. U yakuniy o’yinda Kristal Pelasga qarshi bahsda jarohat olmaslik uchun maydonga tushmadi. Liverpul bosh murabbiyi Arne Slot 26 yoshli yarim himoyachiga dam olish imkoniyatini berdi.

Uning akasi Kevin Makallister esa Yunion St.-Gillois jamoasi bilan Belgiya chempionligini nishonladi. Bu klubning 90 yil ichidagi birinchi chempionligi bo’ldi. Yakuniy o’yinda maydonga tushish huquqidan mahrum bo’lgan Kevin jamoasini chetdan kuzatish qiyin bo’lganini tan oldi.

“O’yinni chetdan kuzatish qiyin bo’ldi. Birinchi taym eng yaxshi o’yinimiz bo’lmasa-da, men xotirjam edim,” dedi Kevin jurnalistlarga.

Aka-ukalar futbolchi oilasidan — otalari Karlos Makallister Argentina milliy termasining sobiq a’zosi va Boca Xuniors bilan liga chempioni. Ular katta aka Fransis bilan birga Argentinos Xuniorsda o’z karyeralarini boshlaganlar.