10.05.2025
Reading time: 1 min

AC Milan g’alabasi bilan Championlar ligasiga yo’l olish imkoniyatini saqlab qoldi

AC Milan g’alabasi bilan Championlar ligasiga yo’l olish imkoniyatini saqlab qoldi

AC Milan San Siroda Bolonyani mag’lub etib, kelasi mavsum Championlar Ligasida ishtirok etish imkoniyatini saqlab qoldi. A seriyaning to’rtinchi o’rni uchun kurash yanada qizg’in tus olmoqda.

Championlar Ligasiga so’nggi yo’llanmasi uchun kurash keskin raqobatga aylandi. Hozirda mavsum yakuniga yaqinlashgani sayin olti klub bu qimmatli yullanma uchun kurashmoqda.

Santiago Ximenes zahiradan maydonga chiqqach 8 daqiqa o’tib hisobni tenglashtirdi.  Undan oldin Rikkardo Orsolini gol urib ikkinchi taym boshida Bolonyani hisobda oldinga olib chiqqan edi.

Ximenes va Samuel Chukvuezening o’yinga kiritilishi o’yin yo’nalishini o’zgartiradigan qaror bo’ldi. Shu tariqa Milan uchrashuvda Balonyani 3:1 hisobida mag’lubiyatga uchratdi.